O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” mavzusida o‘quv yig‘inlari bo‘lib o‘tmoqda
Qarshi
shahridagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari bilan
hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” mavzusida o‘quv
yig‘inlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bu gal
Qarshi va Shahrisabz shaharlari Shahrisabz va Muborak tumanida istiqomat
qiluvchi uyushmagan yoshlar ikki kun davomida oila, mahalla, Vatan
tushunchalarining mazmuni va hayotdagi o‘rni xususida seminar-treninglar, davra
suhbatlarida ishtirok etishdi.
Yaqinda
o‘quv yig‘iniga jalb etilgan yoshlarga Qarshi shahar “Nasaf” folklor guruhi
tomonidan milliy va Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar dasturi namoyish etildi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.