O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim bakalavriatining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati (Kiberxavfsizlik)” yo‘nalishiga qo‘shimcha tanlov e’lon qiladi!
Muddat: Nomzodlardan arizalar 2025 yil 14 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
Nomzod arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
Anketa (ma’lumotnoma);
Harbiy guvohnoma yoki chaqiriluvchining qayd
etilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
O‘qish yoki ish joyidan tavsifnoma (agar o‘qiyotgan
yoki ishlayotgan bo‘lsa);
Doimiy yashash joyidan, sog‘lig‘i holati haqida
belgilangan namunadagi ma’lumotnoma (bo‘y-basti ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
Ota-onaning Akademiyaga o‘qishga kirishga rozilik
xati.
O‘qishga qabul qilish bosqichlari:
Dastlabki tanlov
Maxsus kasbiy tanlov
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat
Imtiyozlar:
Quyidagi nomzodlar yakuniy suhbatdan ozod etiladi:
Xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari;
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
IIV akademik litseylarining huquqshunoslik fani
bo‘yicha idoraviy olimpiada g‘oliblari (agar dastlabki va maxsus kasbiy
tanlovdan o‘tsa);
Matematika, informatika, dasturlash va axborot
texnologiyalari bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiada
sovrindorlari (davlat komissiyasi qaroriga binoan, dastlabki tanlovdan so‘ng).
Eslatma: Akademiyada o‘qish mutlaqo bepul, kursantlar
o‘qish davomida yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Manzil: Qarshi shahar Mustaqillik ko‘chasi 47 o‘y,
Qashqadaryo viloyat IIB
Tel : +998 75 224 42 03
+998
75 224 42 06
Ish vaqti : 09:00 - 18:00