2 Aprel 2024 yil 245

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga marhamat

Ichki ishlar vazirligining Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga umumta’lim muassasalarining 9-sinfini tamomlayotgan, sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, dastlabki, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘g‘il bolalar o‘qishga qabul qilinadi.

 

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirish istagi bo`lgan nomzodlarning arizalar joriy yilning 1-apreldan 30-aprelga qadar Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qabul qilinadi.

 

Ichki ishlar vazirligining Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR, va ANIQ FANLARyo‘nalishlarida qabul qilinadi.

 

o‘qish muddati 2 yil etib belgilangan.

 

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchilarga formali kiyim-bosh va ovqatlanish (issiq ovqatlar) davlat tomonidan ta’minlanadi.

 

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini tamomlaganlarga diplom va ko‘krak nishoni beriladi.

 

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini tamomlaganlarga harbiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishida o‘zi to‘plagan ballarning 30 foizi qo‘shimcha ko‘rinishida imtiyoz beriladi. Fuqarolik oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishida o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi qo‘shimcha ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

 

Dastlabki tanlovda ishtirok etish uchun

nomzod qo‘yidagi hujjatlarni taqdim etadi:

o IIVning Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirish istagi bo`lgan nomzodlar Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga yozilgan arizasi.

o o‘qish joyi va mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma;

o tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi;

o fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma (yoki baholat tabeli nusxasi);

o 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).

o belgilangan shakldagi so‘rovnoma (anketa), tarjimai hol.

 

Qabul jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

1-bosqich: DASTLABKI TANLOV

o yakka tartibda dastlabki suhbat;

o nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish;

o tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish;

o dastlabki tanlov yakuni bo‘yicha nomzodning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi va tanlov natijalari o‘rganiladi, nomzodni harbiy-kasbiy tanlovga qo‘yish masalasini hal etiladi.

 

2-bosqich: HARBIY-KASBIY TANLOV

§ nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash: diktant;

§ nomzodning psixofiziologik xususiyatini o‘rganish;

§ jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov (0-5 ball tizimida) qabul qilinadi.

o O‘g‘il bolalar uchun: to‘sinda (turnikda) tortilish, 100 metrga yugurish, 2000 metrga yugurish bosqichlari bajariladi.

§ yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodni test sinoviga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

 

3-bosqich: TEST SINOVI

Test sinovi belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.

“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” yo‘nalishi bo‘yicha

ariza topshirganlar uchun test sinovi qo‘yidagicha:

- Tarix fani: 1 ta to‘g‘ri javob uchun (3,1 ball)

- Ona tili va adabiyot 1 ta to‘g‘ri javob uchun (2,1 ball)

- Chet tili fani: 1 ta to‘g‘ri javob uchun (1,1 ball)

 

“ANIQ FANLAR” yo‘nalishi bo‘yicha

ariza topshirganlar uchun test sinovi qo‘yidagicha:

- Matematika: 1 ta to‘g‘ri javob uchun (3,1 ball)

- Fizika: 1 ta to‘g‘ri javob uchun (2,1 ball)

- Ona tili va adabiyot: 1 ta to‘g‘ri javob uchun (1,1 ball)

 

NOMZODLARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR

Yoshlar siyosati va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan harbiy-akademik litseyga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

ESLATMA: Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirish istagini bildirgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi o‘quvchi nomzodlarning arizalarini qabul qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish hamda barcha sinov jarayonlari IIV Qashqadaryo akademik litseyida bo‘lib o‘tadi.

Text to speech