19 Mart 2024 yil 621

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.T.Qulbekov tomonidan Qashqadaryo viloyati IIB va shahar-tuman IIBlari faoliyati o‘rganildi

Joriy yilning 16-18 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.T.Qulbekov tomonidan Qashqadaryo viloyati IIB va shahar-tuman IIBlari faoliyati o‘rganildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat faoliyati va ish yuklamalari o‘rganilib, surishtiruvchi va tergovchilardagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida ular bilan individual suhbatlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, polkovnik O.T.Qulbekov tomonidan viloyatning Qarshi va Shahrisabz shaharlari, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi va Qarshi tuman Ichki ishlar bo‘limlarida tashkil etilgan so‘rovxonalar faoliyati to‘liq o‘rganilib, belgilangan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

18.03.2024 yilda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati va barcha tuman-shahar IIB masʼul xodimlari hamda surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida video selektor tarzida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi hamda Ichki ishlar vazirining buyruq talablari xodimlarga yetkazildi.

Text to speech