14 Oktyabr 2023 yil 2124

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – xalq strategiyasi

Qashqadaryo viloyati IIBda  ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – xalq strategiyasi”  mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etdi. Uni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi. 

Mavzu yuzasidan viloyat IIB JXX HPB VEIHYOKM boshlig‘i, mayor Gulmira Turdiboyeva so‘zga chiqib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida o‘zgarayotgan, yangilanayotgan O‘zbekistonning dunyodagi o‘rni va mavqei tobora mustahkamlanib, xalqning turmush darajasi yaxshilanib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda, - dedi. - Albatta, bunday ijobiy o‘zgarishlarga, avvalo, Prezidentimizning siyosiy irodasi va jasorati, qolaversa, har tomonlama puxta o‘ylangan va xalq manfaatiga xizmat qiladigan islohotlar hayotga izchil tatbiq etilishi hamda zahmatkash xalqimizning mashaqqatli mehnati tufayli erishilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-sentabrdagi «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan keyingi yillarda orttirilgan tajriba hamda jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi. Unda o‘z aksini topgan insonparvarlik siyosati, «Inson qadri uchun» tamoyili ijrosi yo‘lidagi dadil qadamlar, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlar, aniq maqsad va vazifalar xalqimiz hayotiga yangicha mazmun bag‘ishlashi shubhasizligini uni o‘qib-o‘rganish barcha davlat xizmatchilari va fuqarolar uchun farzligini ta’kidladi.

Tadbirda dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida boshqarma TQKB O‘MIB tezkor vakili mayor Shuhratjon Boqiyevning ma’lumoti eshitildi.

Yakunda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasini yuqori darajada tashkillashtirgani uchun boshqarma Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov va boshqarma M va MTTB MTX boshlig‘i, kapitan O‘tkir Tuxliyev IIVning “Tashakkurnoma”si bilan, IIO tizimida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarning reyting baholash tizimiga ko‘ra, eng yuqori natilarni qo‘lga kiritgani uchun Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari, leytenantlar Dilnoza Quvatova va Dostonbek Amirqulov hamda katta isnpektor-psixologi, podpolkovnik Bekzod Xudoyberdiyev pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Text to speech