19 Oktyabr 2024 yil 487

O‘ZBЕK TILI – O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI

Qashqadaryo viloyati IIBda “O‘zbek tili  o‘zligimiz timsoli” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari hamda Qarshi DU o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Talat Mamatqulov ochdi.
Tadbirda Qarshi DU o‘qituvchisi, dots.nt Ra’no Saydullayeva so‘zga chiqib, yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishi¬ning huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgani, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni uch tamoyilga  umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi, - dedi. - Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydala¬nishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi barobarida, o‘zbek tili¬ning erkin muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berganini ta’kidladi.
Til millatlarni ajratib turuv¬chi asosiy belgilardan biri ekan, har bir inson o‘z tilini bilishi, uni ulug‘lashi, shu bilan birga, boshqa tillarga hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina tilning, millatning qadri, obro‘yi va nufuzi oshadi. Ayniqsa, dunyoda taniqli mamlakat bo‘lish uchun biz davlat tilining maqomini ko‘tarishga eri-shishimiz shart. Rivojlangan davlatlar darajasiga chi¬qish va raqobatbardosh bo‘lish uchun O‘zbekiston fuqarolari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari ham xalqaro tillarni bilishi muhim. Chunki biz global rivojlanish tendensiyalaridan ortda qola olmaymiz, lekin shuni unutmasligimiz kerakki, o‘zbek tili dunyodagi barcha rasmiy tillar qatori suveren til maqomini olgan ekan, har bir O‘zbekiston fuqarosi o‘zbek tilini mukammal bilishi shart. Tilga hurmat  xalqqa hurmat. Tilning egasi xalq, ammo xalqning bitta vakili loqayd bo‘lsa ham, milliy til sofligiga putur yetadi. Til o‘zligimiz timsoli, millat mulki hisoblanadi.
Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida qilgan tarixiy nutqi nafaqat mamlakatimizning, balki o‘zbek tili¬ning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi va obro‘-e’tiborini yangi pog‘onaga ko‘targani bilan g‘oyat qimmatli bo‘ldi. Davlat timsoli sifatida har birimizga faxr, g‘urur va iftixor bag‘ishladi.
Tadbirda boshqarma TQX JQB Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i, kapitan Akrom Ubaydullayev “Soxta ilova va havolalardan ehtiyot bo‘ling!” mavzu doirasida soxta va yolg‘on xabarlardan saqlanish bo‘yicha ma’ruza qildi.

Text to speech