Oʻzbek tili - millat gʻururi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida ,,Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi,ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi "- deb belgilab qoʻyilgan.
Darhaqiqat, ona tilimiz - milliy maʼnaviyatimizning bitmas - tuganmas bulogʻidir. Til - bugungi kunimizni tarix bilan, avlodlarni ajdodlar bilan bogʻlab turadigan eng ishonchli maʼnaviy koʻprikdir. Maʼnaviyatning bir qanoti milliy qadriyatlarimiz boʻlsa ,ikkinchi qanoti - insonni boshqa jonzotlardan ajratib turuvchi tilidir!
21-oktabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED To‘rtinchi mintaqviy hudud 34-son manzil koloniyasida “Oʻzbek tili - millat gʻururi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Sabohat Xudoyqulova va Qamashi tumani hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Nasiba Ro‘zievalar ishtirok etib, O‘zbekistonda 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonunda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi va Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 apreldagi O‘RQ-615-son Qonuniga asosan 21 oktabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanligi, dunyoning azaliy va boy tillaridan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun davlat Mustaqilligining ramzi, ulkan ma’naviy qadriyat va milliy o‘zligimiz belgisiga aylanganligi haqida atroflicha maʼlumot berib o‘tdilar.