17 Iyul 2023 yil 226

Zanjirli giyohvanlik savdosi fosh etildi

Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB va boshqarma JXX JTSB PPXB xodimlari o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh og‘ufurushlarning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, 2023 yil 14 iyul kuni tungi soat 00:35larda Qarshi shahrida yashochilar T.A. va M.O. xaridor A.M.ga 300 ming so‘m evaziga 2 dona oq qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan marixuana giyohvandlik vositasini sotgani to‘g‘risidagi ma’lumot ichki ishlar organlari xodimlarini sergaklantirdi.

Olib borilgan surishtiruvlar davomida joriy yil 14 iyul kuni soat 14:00larda T.A. va M.O. yana yetti dona oq rangli qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan marixuana giyohvandlik vositasini 800 ming so‘mga A.M.ga sotganda ushlandi. T.A.ning yoni ko‘zdan kechirilganda 2000 so‘mlik kupyuraga o‘ralgan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Surishtiruvlar davomida T.A. va M.O.lar ushbu giyohvandlik vositalarini Qarshi shahar “Navo” MFYda yashovchi N.A.dan olganligini ma’lum qilgan.

Og‘ufurushlardan birinchi holatdagi marixuana 0,66 gram,  ikkinchisi 2,15 gramm va cho‘ntagidan olingani 0,25 gramm tosh bosdi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech