25 Avgust 2023 yil 2782

“Zakovat”da zakiylar g‘olib bo‘ldi

Shahrisabz shahrida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori asosida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida  “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda Shahrisabz shahar, Yakkabog‘, Kitob va Shahrisabz tuman ichki ishlar bo‘limlari  xodimlari ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirokchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar.

Xodimlarning intellektual salohiyati, bilimi va dunyoqarashi rivojlanayotgani ularning o‘zaro o‘rtaga tashlangan savolga javoblarida yaqqol sezildi.  

Bahslarga boy tarzda kechgan musobaqada g‘oliblik Shahrisabz tumani IIBning  “Qalqon” jamoasiga nasib etdi. Shahrisabz shahar IIBning Amir Temur va Yakkabog‘ tumani IIBning “Registon” jamoalari keyingi o‘rinlarni band etishdi.

G‘olib jamoalar boshqarma rahbariyatining diplomlari va esdalik kitoblar jamlanmasi  bilan taqdirlandi.

Text to speech