Zakovatda bilimlar sinaldi
Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilmoqda. Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish, shuningdek, xodimlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ular oʼrtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi soaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar boʼlimlari xodimlari oʼrtasida viloyat Yoshlar markazida “Zakovat” tadbiri tadbir boʼlib oʼtdi.
Murosasiz kechgan bahslarda ichki ishlar organlarida har tomonlama yetuk, fuqarolarning haq-huquqlar va manfaatlarini himoya qiluvchi, kasbiy mahorati, maʼnaviiy salohiyati yuksak, bu borada bilim va qiziqishlari ancha yuksalgan xodimlar xizmat qilayotgani bilimlar bellashuvida yaqqol namoyon boʼldi.
Qiziqarli savol-javoblar asosida kechgan musobaqada 18 ta jamoalar gʼoliblik uchun kurashdilar. Musobaqa natijalariga koʼra, Koson tuman Ichki ishlar boʼlimining “Huquq posbonlari” jamoasi faxrli 1-oʼrinni qoʼlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʼrinlarni esa Kitob tuman Ichki ishlar boʼlimining “Kifti ob” va Chiroqchi tuman Ichki ishlar boshqarmasining “Liderlar” jamoasi band etdi.
Gʼolib jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasining gʼoliblik diplomi va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.