5 Aprel 2024 yil 404

“Zakovat” g‘oliblari taqdirlandi

IIV Qashqadaryo akademik litseyida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlab 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu tadbirni IIV Qashqadaryo akademik litsey direktori podpolkovnik K.Nazarov ochib, bugun mamlakatimizda yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni o‘z vataniga sodiq, har tomonlama bilimli, aql-zakovatli hamda teran fikrli qilib tarbiyalash bizning burchimiz ekaligini ta’kidlab o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqada 23-01 guruh o‘quvchilari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay 1-o‘rinni egalladi. To‘plangan ochkolari bo‘yicha teng kelib qolgan 23-02 va 23-03 guruhlari o‘rtasida qo‘shimcha savollar o‘ynaldi. Qo‘shimcha berilgan savollarga tezkorlik bilan to‘g‘ri va aniq javoblar yo‘llagan 23-03 guruhi o‘quvchilari 2-o‘rinni 23-02 guruhi o‘quvchilari esa 3-o‘rinni egalladilar.

Text to speech