4 Mart 2024 yil 428

“Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aziz Allanazarovning tashabbusi bilan biriktirilgan Qamashi tumani “Oynako‘l” MFYdagi 18-maktabda 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy hamda ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqada o‘quvchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solib g‘oliblik uchun bellashdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘olib jamoa a’zolariga kitob va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech