27 Avgust 2022 yil 266

Zahri qotil sotuvchisi qo‘lga olindi

     Nishon tumani “Janub Mashali” MFYda yashovchilar I.R va A.P.lar 2 dona gugurt qutiga joylangan “marixuana” o‘simligini Qarshi shahar “Gulshan” MFY hududida 1.000.000 so‘mga sotgan vaqtda ushlandi. Giyovhaand modda sotuvchilari bilan olib borilgan surishtiruvlar davomida shovvozlar zahri qotilni Kasbi tuman “Qamashi” MFYda yashovchi A.B.dan olganligini bildiradi.

    Natidaja A.B. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda xo‘jalik binosida polietilin paketda hamda yelim idishda saqlab kelayotgani shuningdek, tomorqasida 1 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi hujjatlashtirib olindi.

      “Spichki” yozuvli 2 dona gugurt qutiga joylangan marixuananing og‘irligi 6,2 gramm, B.A.ning uyidan olingan “marixuana” o‘simligining og‘irligi 475,5 gramm tosh bosdi.

     Holat yuzasidan Kasbi tuman IIB TB tomonidan jinoyat qo‘zg‘atildi.

Text to speech