Yurtimizda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligi va mahallalar osoyishtaligini taʼminlash bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
"Xavfsiz hudud"
Yurtimizda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligi va mahallalar osoyishtaligini taʼminlash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Muhtaram Prezidentimizning ichki ishlar vazirligiga tashrifi davomida bu borada bergan taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, osoyishtalikni mustahkamlash, sogʼlom turmush tarzini yaratish maqsadida Qarshi shahrini "Xavfsiz hudud"ga aylantirish borasida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan reja asosida profilaktik ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, hududlar mahallabay kesimida rejalashtirilib, boshqarmadan masʼullar biriktirildi.
Boshqarma HPB XQMB boʼlim boshligʼi podpolkovnik H.Toʼraeva huquqbuzarlik va jinoyatchilik oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik ishlarni yanada jadallashtirish, bu borada amaliyotda uchrayotgan muamolarni bartaraf etishga va amaliy yordam berish maqsadida Qarshi shahar, Navroʼz MFYda boʼldi.
Dastlab ishchi guruh aʼzolari bilan mahallada ijtimoiy vaziyatini oʼrganib, MFY raisi B.Raximov va profilaktika inspektori А.Raxmatovlar bilan notinch oilalar, jinoyat sodir etgan va ayollar daftariga kiritilgan xotin- qizlarning yashash sharoitlari oʼrganildi. Oʼrganish jarayonida bir nafar fuqarolik pasportiga ega boʼlmagan nogiron xotin-qiz aniqlanib, unga fuqarolik pasporti olish boʼyicha huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi JKning 168-modlasi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, qamoq ehtiyot charosi qoʼllangan fuqaro N.Qning farzandlari va oila aʼzolari bilan profilaktik suhbat olib borildi.
Bu boradagi ishlar Qarshi shahrining barcha mahallalarida davom ettirilmoqda.