30 Iyun 2020 yil 1172

“YURT POSBONLАRI” tanlovi sovrindori

Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy bilimi va malakasi oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ilmiy va ijodiy yoʼnalishdagi qobiliyatlarini kashf etish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar hamda Xalq taʼlimi vazirliklari tashabbusi bilan “Yurt posbonlari” olimpiadasi eʼlon qilingan edi.

Yaqinda mazkur tanlovning yakuniy onlayn bosqichi boʼlib oʼtdi. Unda ishtirok etgan Yakkabogʼ tumanida yashovchi fuqaro Roziqov Kamronbek Аkmaljon oʼgʼli ishtirok etib, faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

Gʼolibga Ichki ishlar vazirligining 2-darajali diplomini Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev tantanali ravishda topshirdi.

Mukofot muborak, Kamronbek!

Text to speech