28 Aprel 2021 yil 543

YUKSАK MА'NАVIYT XODIMNING АSOSIY QUROLI

Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tubdan takomillashtirish, xodimlarining bu boradagi bilim saviyasini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
Yaqinda viloyat IIBda “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda ishtirokchilarga ichki ishlar organlari xodimlari yuksak maʼnaviyatli va bilimli boʼlishi, kasb etikasi va odob axloq qoidalaridan chiqmagan holda xizmat olib borishi lozim. Аna shunda har bir ichki ishlar organi xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi, buning amaliy ifodasi fuqarolar manfaatini himoya qilish va muomala madaniyatida aks etishi taʼkidlandi. Keng qamrovli tadbirda ishtirok etgan viloyatning shahar-tuman IIB boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlariga qoʼl ostidagi shaxsiy tarkibga fuqarolar bilan muloqotda kasb etikasi va odob axloq doriasidan chiqmaslikni targʼib etishga masʼul ekanligi tushuntirildi.

Text to speech