1 Fevral 2021 yil 689

“YoSLАR - GIYOHVАNDLIKKА QАRSHI”

Qashqadaryo viloyati IIBda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 fevralь kunidan 1 mart kuniga qadar mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi oʼtkazilishi munosabati bilan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi IIV va viloyat IIB masʼul xodimlari ishtirok etdi.

 Yigʼilishda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligini keng qamrovda tashkil etish va ijobiy samaradorlikka erishish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Tadbir rejasiga koʼra, ichki ishlar organlari xodimlari manfaatdor idora va tashkilotlar bilan tadbir doirasida vohaning barcha shahar va tumanlarida yoshlar ishtirokida “Yoshlar -  giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etishi belgilandi.

Uchrashuvlarda, insoniyatni tanazzul sari yetaklovchi ogʼufurushlikning salbiy oqibatlari toʼgʼrisida yoshlarning tushunchalarini boyitish hamda ularda giyohvandlikka qarshi murosasizlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida mutaxassislar ishtirokida ochiq davra suhbatlari tashkil etilib, maxsus tayyorlangan videolavhalar namoyish etilishi rejadan oʼrin olgan.

Bundan tashqari vohada fuqarolar tomonidan giyohvandlik moddalarini ekish, saqlash va sotish jinoyatlarini aniqlash ham eʼtibordan chetda qolmaydi.

 

 

Text to speech