Yoshlar murojaati oʼrganildi
Shu yilning 28 may kuni Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Sh.Satvoldiev Kasbi tumanida yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Unda ellikdan ortiq yoshlar va fuqarolar ishtirok etdi. Qabulda 16 nafar yoshlarning murojaati tinglandi.
Ochiq muloqot ruhida oʼtgan qabulda murojaatlarning 6 tasi ijobiy hal etildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 9 ta murojaatlar koʼrib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 1 ta murojaat boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbirda sektor rahbaridan oʼzini oʼzi band qilish istagida boʼlgan S.Qarshievaga tikuv mashinasi berildi. Bundan tashqari 4 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun inkubator apparati topshirildi.