Yoshlarning muammolari yechim topdi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiev yoshlarni kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini oʼrganish hamda bandligini taʼminlash maqsadida Qarshi shahrida sayyor qabul oʼtkazdi. Qarshi shahridagi istirohat bogʼida tashkil etilgan qabulda toʼrtta sektor mutasaddi tashkilotlar vakillari va 40 nafar yoshlar ishtirok etdi.
Murojaatlarning asosini ish bilan taʼminlash, kredit, kasb-hunarga oʼqitish, harbiy majburiyat bilan bogʼliq masalalar tashkil etdi.
Sayyor qabulda yoshlardan tushgan 25 ta murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 20 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, Qarshi shahar Qavali, Paxtazor va Аralovul MFYlarda yashovchi S.Raupova, Sh.Egamova, S.Shoodieva, I.Normurodovalar tikuv mashinasi bilan taʼminlandi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati