Yoshlar va ayollar bandligi taʼminlanmoqda
Shahrisabz tuman IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Olim Tojiev tuman “Аgrobank” rahbariyati bilan birgalikda ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan bir guruh fuqarolarni bank binosida qabul qildi. Qabul davomida “Yoshlar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga bank krediti berish, olingan mablagʼni maqsadli ishlatish va bu borada koʼzda tutilgan boshqa imkoniyatlar xususida fuqarolarga bank xodimlari tomonidan tegishli tushuncha va takliflar berildi.
3-sektorda shu kunga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 144 nafar yoshlardan 33 nafariga issiqxona qurish, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va yakkka tadbirkorlik qilishi uchun toʼqson million soʼmga yaqin bank krediti ajratildi. Shu bilan birga sektor hududidan 49 gektar yer poliz ekinlari yetishtirish uchun yoshlarga boʼlib berildi.
“Аyollar daftari”ga kiritilgan 32 nafar xotin-qizlardan 12 nafariga tikuvchilik, 4 nafariga issiqxona va 6 nafariga qandolatchilik qilishi uchun bank kreditlari rasmiylashtirildi. Qolgan ayollarga ham hujjatlar tayyor boʼlgach, tikuvchilik uchun bank krediti ajratilishi koʼzda tutilgan.
Bir soʼz bilan aytganda Shahrisabz tumanida ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaini shakllantirish uchun ishlar jadal ketmoqda.