Yoshlar tarbiyasi: muhokama va mulohaza
Qarshi shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat oʼrta maktabida voyaga yetmagan yoshlar oʼrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, Qarshi shahar IIOFMB va prokuraturasi хodimlari, maktab direktorlari ishtirok etishdi.
Yigʼilishda kelajagimiz vorislari boʼlgan yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yetarli ekanligi taʼkidlandi. Shu bois yoshlar tarbiyasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, boʼshliqqa yoʼl qoʼymaslik uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi lozimligi aytib oʼtildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar atroflicha tahlil etilib, kelgusi vazifalar xususida masʼullarning masʼuliyati oshirildi.