22 Fevral 2022 yil 664

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish muhim masala

 

Joriy yilning 21-fevral kuni Qarshi davlat universitetida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirga Qashqadaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Temirov, Qashqadaryo viloyati IIB JQB katta tezkor vakillari Sh.Xolboyev, L.Avazov, viloyat IIB VEIHYOK markazi rahbari I.Rasulova, respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali vrach-narkologi A. Umidov, viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi D.Turopova taklif etildi.

Tadbirda mavzu doirasida atroflicha fikr-mulohazalar tinglandi. Jumladan, ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilanganligi, Jinoyat kodeksining 270-276 moddalari bilan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomila qilganlik uchun jinoiy javobgarlik tayinligi hamda BMT ma’lumotlariga ko‘ra giyohvandlik og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab bo‘layotganligini alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga tadbir mehmonlari tomonidan batafsil javob berildi.

Text to speech