5 Fevral 2021 yil 575

Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish

Qarshi Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internatida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi oʼtkazilishi munosabati bilan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Qarshi shahar IIO FMB masʼul xodimlari podpolkovnik А.Xudoykulov, kapitan S.Xudoyberdiev, katta leytenant B.Xolmurodov, katta leytenant Sh.Goyimovlar ishtirok etdi.
Yigʼilishda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligini keng qamrovda tashkil etish va ijobiy samaradorlikka erishish yuzasidan talaba yoshlar ishtirokida “Yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etilib, unda insoniyatni tanazzul sari yetaklovchi ogʼufurushlikning salbiy oqibatlari toʼgʼrisida yoshlarning tushunchalarini boyitish hamda ularda giyohvandlikka qarshi murosasizlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida mutaxassislar ishtirokida ochiq davra suhbatlari tashkil etildi.

Text to speech