13 Fevral 2023 yil 1093

Yoshlar - giyohvandlikka qarshi

IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimi F.Azgarov, Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Sh.Xolboyev, Sh.Sharopov, I.Jahongirov, Qashqadaryo viloyat DXX boshqarmasi xodimi Sh.Sulaymonov hamda akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

 Ko‘lami keng yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi F.Azgarov mamlakatimizda joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri o‘tkazilayotgani haqida ishtirokchilarga ma’ruza qildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining tarqatilishi, savdosi va iste’mol qilinishining oldini olish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va jamoatchilik vakillari birdek mas’ul ekanligi, narkotik moddalarni iste’mol qilishning zarari va ayanchli oqibatlari haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgani, narkotik moddalarni iste’mol qilishning zarari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda giyohvandlikning salbiy oqibatlarini aks ettirgan “Giyohvandlik – umr zavoli” nomli videofilm namoyish etildi.

Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Text to speech