18 Mart 2021 yil 506

Yoshlar ertangi kunimizning davomchilari

Yoshlar ertangi kunimizning davomchilari. Ularni qiynayotgan muamolarni bugun  hal etib, hayotda yoshlar oʼz oʼrinlarini topib ketsa, kelajagimiz barkamol avlod qoʼlida boʼlishiga shubha qolmaydi.   

         Yoshlarni kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini oʼrganish hamda bandligini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Ulugʼbek Musaev Gʼuzor tumanida sayyor qabul oʼtkazdi. Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari va 54 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda yoshlarning 29 ta murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan  yoshlarning ish bilan taʼminlanishi, kredit asosida tadbirkorlikni boshlash mavzusida kechdi. Murojaatlarning 8 tasi joyida hal etildi. 3 nafariga huquqiy tushuntirish berildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 18 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech