30 Iyun 2020 yil 952

“YОSH KITOBXON” KOʼRIK-TАNLOVI

Ichki ishlar organlari yosh xodimlarining bilimi va dunyoqarashini oshirish, oʼzbek hamda jahon badiiy adabiyotiga boʼlgan qiziqishini uygʼotish maqsadida “Yosh kitobxon” koʼrik-tanlovining viloyat bosqichi oʼtkazildi. Tanlovda har bir soha xizmat, shahar-tuman ichki ishlar boʼlimlaridan 30 yaqin yosh xodimlar ishtirok etdi.

Koʼrik-tanlovda yosh xodimlarning bilimi, kitobxonligi, oʼqigan badiiy asarlari sinovdan oʼtkazildi.  

Koʼrik tanlov yakuniga koʼra, 1-oʼrinni boshqarma Tergov boshqarmasi katta tergovchisi mayor Bekzod Turdiboev, 2-oʼrinni Qarshi shahar IIO FMB 2-son IIB HPB HQMB katta inspektori kapitan Nafisa Xujanova, 3-oʼrinni Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi operatori safdor Shaxnoza Raxmonova band etishdi.

Shuningdek, tanlovning “Badiiy asarlar bilimdoni” nominatsiyasida Gʼuzor tuman IIB HPB XQMB katta inspektori kapitan Munira Toshniyozova, “Eng zukko kitobxon” nominatsiyasida Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi surishtiruvchisi leytenant Nurbek Аzizov gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.    

Gʼoliblar boshqarma rahbariyatining qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.  

Text to speech