2 May 2023 yil 269

“Yosh kitobxon” aniqlandi

Qashqadaryo viloyati IIBda ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashini oshirish hamda ular o‘rtasida faol kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Jumladan, yaqinda viloyat IIBda tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xodimlari hamda shahar-tuman IIBlari xodimlari, IIV akademiyasi kursantlari va vazirlik Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchilari baholab borgan musobaqada ishtirokchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solib o‘zaro bellashdilar.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, I-o‘rinni IIV Akademiyasi kursanti Azizbek Muxammadiev  qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni IIV Qashqadaryo Akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Nargiza Ziyadullaeva va Shahrisabz shahar IIB HPB JXX VEBIG inspektor-psixologi leytenant Elbek Azizov band etdi.

G‘oliblarga Qashqadaryo viloyati IIBning g‘oliblik diplomi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Text to speech