15 Iyun 2022 yil 1019

“Yosh huquqshunos” tanlovi

Shahrisabz shahrida “Yosh huquqshunos” tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Shahrisabz shahar IIB, Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi bilan hamkorlikda uyushtirilgan tadbirda huquq sohasining bilmdon yoshlari o‘zaro bellashdilar.

Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solib bellashdilar. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning shukronalik hissi bilan ulg‘ayishlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga esdalik sovg‘alari va tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi.

Text to speech