2 Oktyabr 2021 yil 310

Yosh avlodning oʼz sohasining yetuk mutaxassisi boʼlib yetishishi va hayotda oʼz oʼrnini topishida ustoz va murabbiylarning oʼrni

Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan IIV Qorovul qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda “Yosh avlodning oʼz sohasining yetuk mutaxassisi boʼlib yetishishi va hayotda oʼz oʼrnini topishida ustoz va murabbiylarning oʼrni” mavzusida uch avlod uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda tizimda uzoq yillar ishlagan faxriylar va harbiy xizmatchilar va oʼquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni  harbiy qism komandiri podpolkovnik ?? Rozumov ochib, yoshlarni har tomonlama maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan yetuk, barkamol qilib tarbiyalashda faxriylar bilan uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanligini taʼkidladi. Bugungi tadbirning maqsad-mohiyati ham aynan shunga qaratilgan.

Tadbirda faxriylar bosib oʼtgan hayot yoʼli, xizmat davomida toʼplagan boy tajriba va malakalarini yosh harbiy xizmatchilar va oʼquvchilarga aytib berishdi.

Shuningdek tadbirda oʼquvchi yoshlarga harbiylar hayoti va milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar toʼgʼrisida harbiy xizmatchilar maʼlumotlar berishdi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda harbiy xizmatchilar, muddatli askarlar tomonidan ustozlarga ehtirom koʼrsatilib, sovgʼalar berildi.

Text to speech