11 May 2020 yil 1423

YORDАMCHILАR PROFILАKTIKА INSPEKTORLIGIGА QАBUL QILINDI

Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarmaning shahar-tumanlari IIBlarida profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchilari vazifasida xizmat qilib kelayotgan 90 nafar yigitlarni profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingani munosabati bilan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda yangi ishga tayinlangan profilaktika inspektorlari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev ochdi.
- Mamlakatimizda jinoyatchilikning ildiziga bolta urish, huquqbuzarliklarni erta aniqlab oldini olish borasida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi negizida profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchilari shakllantirilgandi. Faoliyat davomida xizmatga koʼnikma, sohaga oid bilim va malaka toʼplagan bu yoshlar bugun profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilindi, - dedi boshqarma boshligʼi oʼz soʼzida. - Endi ular xalq xizmatini oliy sharaf bilib, odamlarning yaxshi yomon kunida yelkadosh va madadkor boʼlishadi. Yosh xodimlarda xizmatga koʼnikma shakllantirish bilan birga vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish maqsadida murabbiylar biriktirildi. Murabbiylar yosh xodimlarga xizmatning qirralarini oʼrgatish bilan birga faoliyat davomida yuzaga keladigan qaltis vaziyatlarda tezkor toʼgʼri qaror qabul qilish, ichki ishlar organlari xodimlariga xos halolik, toʼgʼrisoʼzlik, haqiqatgoʼylik kabi xislatlarni shakllantirishda bosh-qosh boʼlishadi.
Bir soʼz bilan aytganda fuqarolarning daxlsizligini, xalq osoyishtaligini taʼminlashdek masʼuliyatli hamda mashaqqatli burchni zimmasiga olgan yosh xodimlar qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz boʼlib, jinoyatchilikka qarshi kurashishda adolatni ustuvor bilishiga ishonch bildirildi.

Text to speech