12 Fevral 2022 yil 442

Yoʼl tа'miri sohаsidа oʼzgаrishlаr аmаlgа oshirilаdi

Kuni kecha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida “Xavfsiz va ravon yoʼl” tamoyili asosida yoʼllarda inson xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi. Unda tizimni tubdan oʼzgartirishga qaratilgan bir qator muhim vazifalar belgilab berildi.
Prezident tavsiyasiga binoan hokimiyat tassarufidagi Maxsus ekspluatatsiya montaj korxonalari mahalliy hokimliklardan hududiy YXHBlarga oʼtkazilishi koʼrsatib oʼtildi. Maxsus ekspluatatsiya montaj korxonalari YHXBlarga oʼtkazilishidan oldin viloyat hokimlariga korxonalarni texnika bilan taʼminlash topshirigʼi berildi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan hokimiyat tassarufidagi Maxsus ekspluatatsiya montaj korxonasi toʼliq oʼrganilib, mavjud texnika va boshqa maxsus vositlar oʼrganib chiqildi.
Bu boradagi ishlar viloyatning shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech