21 Avgust 2023 yil 2141

“Yo‘l qoidalariga rioya qilish - xavfsizlik kafolatidir”

 

Qashqadaryo viloyati IIBda  “Yo‘l qoidalariga rioya qilish - xavfsizlik kafolatidir” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochdi. 

-Bugunning eng dolzarb masalalaridan biri yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, sodir etilayotgan qoidabuzarliklarning yuzaga kelish shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirishdan iborat, - dedi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari o‘z so‘zida.

Yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismi tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq bo‘layotgani sababli mamlakatimizda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilib, ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini nazorat qilishda qo‘l kelmoqda.

Haydovchilar bilan bir qatorda, piyodalar ham o‘z majburiyatlariga amal qilishsa, ko‘plab baxtsiz hodisalarning oldi olinadi.

Bu borada joylarda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida piyodalar va haydovchilar hushyorlikka chorlanib, xavfsiz yurish talablari tushuntirilib, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishda yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga keng jamoatchilik ham ko‘maklashsa, albatta, ko‘zlagan maqsadga erishiladi.

Ko‘lami keeng yig‘ilishda so‘zga chiqqan Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori, xalqaro darajadagi mutaxassis trenir Marhabo Sobirova “Onlayn qimor o‘yinlariga tobelik: tahdidlar va yechimlar” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi onlayn qimorlarga berilish usul va holatlarini sharhlarkan dastlab o‘yin tashkilotchilari o‘ziga tobe qilish uchun ma’lum miqdorda sarmoya kiritish va foyda ko‘rishni va’da qilishi, boshida ma’lum miqdorda pul mablag‘i berib, qatnashchini qiziqtirib, umumiy miqdor oshgan sayin foydani ham kattalashtirish orqali tobelikni yuzaga keltirishini aytib o‘tdi. Bunday holatlarga tobe bo‘lmaslikning eng yaxshi yo‘li onlayn qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslikdir. 

Tadbirda Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, Psixologiya kafedrasi mudiri, xalqaro darajadagi mutaxassis trenir Muxiddin Bafoev xodimlar bilan oylayn qimor bo‘yicha ochiq muloqot ruhida savol – javob shaklida trening o‘tkazib, ularning bu boradagi holatini tahlil etdi. 

Yakunda ishtirokchilarga  onlayn qimor o‘yinlarining salbiy holatlarini o‘zida aks ettirgan videorolik ishtirokchilar e’tiboriga namoyish etildi.

Text to speech