20 Yanvar 2023 yil 189

Yoʼl kira narxlarini asossiz oshirilishini oldini olish maqsadida maʼsullar tomonidan oʼrganish ishlari olib borilib, haydovchilar bilan targʼibot tadbirlari olib borilmoqda

Transport vositalari ichida shunday turdagisi borki, ular bir emas birnecha kishilarga xizmat qiladi. Ular ko‘p sonli yo‘lorvchilar bilan harakatlanganligi uchun ayni jamoat transportlari yani yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari haydovchilari yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari juda muhimdir.

Viloyat IIB JXX YHXB, Transport boshqarmasi hamda Shahrisabz shahar DXX ma’sul xodimlari tashkil topgan ishchi guruh Qashqadaryo viloyati hududida yo‘l harakat havfsizligini ta’minlash hamda jamoat transporti yo‘nalishlarida yo‘l kira narxlarini asossiz oshirilshini oldini olish maqsadida Shahrisabz shahrida yo‘lovchi tashish faoliyat bilan shug‘ullunuvchi transport vositalari haydovchilari bilan avtoturargohlarida  targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi. Targ‘ibot tadbiri davomida yo‘lovchilar bilan ham so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Shahrisabz shahar markazidagi avtoshohbekatlarda o‘tkazilgan profilaktik ishlarda ham ayni shu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Yani haydovchilarining belgilangan tezlikda va belgilangan vaqtlarda harakatlanishlari tushuntirildi. Haydovchilarga birgina o‘zining emas balki yo‘lovchilarning ham xayoti uchun javobgar ekanliklari yetkazildi.

Text to speech