22 Fevral 2022 yil 467

Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash - dolzarb masala

Qashqadaryoda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlarni oʼrganayotgan Senatorlar viloyat IIB YHXBda boʼlib, vohamizda yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʼl-transport hodisalari tufayli sodir boʼlayotgan inson oʼlimi bilan bogʼliq holatlarni bartaraf etish boʼyicha taqdimot-rejalari bilan tanishdilar.
Senatorlar bilan boʼlib oʼtgan taqdimotda viloyatda bosqichma-bosqich zamonaviy videotasvirga olish vositalarini qoʼllash, yoʼllarning holatiga ahamiyat berish va ichki ishlar organlari xodimlari hamda haydovchi va fuqarolarning harakat xavfsizligiga oid masʼuliyati va bilimlarini oshirish boʼyicha takliflar eshitilib, vazifalar belgilab olindi

Text to speech