20 May 2022 yil
579
“Yoʼl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi”
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 190-sonli "Аvtomobilь yoʼllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʼlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qarori ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Yoʼl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida Prezident maktabi oʼquvchilari bilan yoʼllarda, chorrahalarda va piyodalar oʼtish joylarida harakatlanish amaliy-koʼrgazmali tarzda koʼrsatildi. Bolalar ongiga bolaligidan yoʼl harakati intizomini singdirish kelgusida oʼz natijasini berishi shubhasiz.