29 Avgust 2021 yil 556

Yogʼ olib beraman deb 30.000.000 million soʼm pul olgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Chiroqchi tumani Koʼkdala qishlogʼida yashovchi P.T 2021 yil 10 aprel kuni tanishi, Qarshi shahar “Shoxbekat” MFYda yashovchi M.А unga Toshkent shahridan jami 1832 litr “Sunny Gold” nomli yogʼ mahsulotini 1 haftada olib kelib berish evaziga jami 35.000.000 soʼm pullarni olib, hozirga qadar yogʼ mahsulotlarini olib kelib bermasdan, aldab kelayotganligini aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 2-sonli IIB TB tomonidan M.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respubliksi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech