30 Noyabr 2021 yil 296

Yertulasida yashil rangli oʼtkir xidli marixuanna giyoxvandlik oʼsimligi saqlab kelayotgan fuqaro tezkor xodimlar tomonida qoʼlga olindi

Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 29 oktyabr kunidagi respublika miqyosida keng qamrovli oʼtkazilayotgan Tarkibida giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar boʼlgan, shuningdek kuchli taьsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylaninishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbiri davomida 2021 yil 27 noyabrʼ kuni VIIB giyoxvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomila qilishga qarshi kurashish boʼlimi, VIIB korrupsiyaga qarshi kurashish boʼlimlari tekzor xodimlari Gʼuzor tumani “Аvgonbogʼ” MFYda yashovchi fuqaro E.F.ning yashash uyi koʼzdan kechirilgan vaqtida yashash uyining yertulasida saqlanib kelayotgan yashil rangli oʼtkir xidli marixuanna giyoxvandlik oʼsimligi poyasi olingan xolatda saqlanganligi, shuningdek qora rangli va koʼk rangli selefonga marixuana giyoxvandlik oʼsimligini solib quyganligi, undan tashqari qizil rangli bozor setkasida ham marixuana oʼsimligini quritilgan xolda saqlanib kelayotganligi aniqlandi. Oʼtkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida olingan marixuana giyoxvandlik moddalari kelgusida tekshirib koʼrishlik maqsadida xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Text to speech