10 Avgust 2023 yil 285

Yechimini kutayotgan muammolar sayyor qabulda hal etildi

Joylarda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ko‘p yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolarini o‘rganish va hal etish bugungi kun talabi. Bu borada Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, bugun Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov Muborak tumanida sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi. 

Tumandagi Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari asosini davolanish uchun tibbiy yo‘llanma olish, ichki ishlar organlari xodimlarining probatsiya nazoratidan chiqish uchun sudga taqdimnomalar kiritish bilan bog‘liq 25 nafar fuqarolarning  murojaatlari qabul qilindi.

Qabul qilingan murojaatlardan 8 tasi ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan 14  murojaatlar ish yurituvga olinib, mas’ullarga biriktirildi. Bir nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, ayrim fuqarolarning sektor rahbariyatiga minnatdorchiligi ham ma’lumot uchun qabul qilindi. 

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech