Yaxshi sharoit xizmat unumdorligini oshiradi
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik Bekmurod Аbdullaev Qashqadaryo viloyati IIBga tashrifi doirasida xodimlarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishi maqsadida boshqarma YHXBda boʼldi.
Аlbatta, qaerdaki ishlashga imkoniyat va sharoit boʼlsa, ishda unum va baraka boʼladi. Vazir oʼrinbosari Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasida amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlarini koʼzdan kechirib, xodimlarga xizmatda yanada qulay boʼlishi uchun ahamiyat qaratish lozim boʼlgan jihatlar borasida oʼzining taklif va tavsiyalarini berdi.
Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik Bekmurod Аbdullaev vohaning shahar-tumanlariga ham tashrif buyurib, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati