5 Aprel 2023 yil 441

Yaxshi dam, mehnatga hamdam

Qadimiy va navqiron Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida IIV madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansamblining xonanda va so‘z ustalari ishtirokida xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari, tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilib faxriylik gashtini surayotgan otaxonlar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning farzandlari taklif etildi.

Tadbirda ansambl rahbari Uchqun Tillayev, taniqli so‘z ustasi O‘tkir Muhammadxo‘jayev, qiziqchi Zokir Ochildiyev, xonadalar Davron Axmedov, Mashhura Ergasheva, Suxrobbek Xamdamov, Ulug‘bek Xalikov, Shahnoza Otaboyeva va Farhod Qambarovlar tomonidan aytilgan latifa va kuy qo‘shiqlar muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Text to speech