10 Noyabr 2021 yil 668

“Yashil makon” tadbiri


Joriy yil 2 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida 10 dekabrga qadar mamlakatimizning har bir shahar-tumanlari va qishloqlarida daraxt ekish boʼyicha “dolzarb 40 kunlik”ni eʼlon qilinganidan koʼpchilikning xabari bor.
Bu borada boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ham “Yashil makon” tadbiri doirasida tizim sohalariga qarashli maydon va bino atroflarida daraxt ekish ishlarini amalga oshirmoqda. Jumladan Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida “Yashil maydon” tadbirida viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Xabibulla Bozorov ishtirok etdi.
Shu kuni tadbir doirasida ichki ishlar organlari rahbarlari va xodimlari tomonidan 500 tup koʼchatlar ekildi.
Bu boradagi ishlar viloyat ichki ishlar boshqarmasining shahar va tuman boʼlimlarida ham davom etmoqda.

Text to speech