16 Aprel 2022 yil 633

Mirishkorda noqonuniy moy ishlab chiqarish sexini tashkil etgan “tadbirkor” aniqlandi


2022 yilning 12 aprel kuni soat 14.00 larda Qashqadaryo viloyat IIB JQB va Mirishkor tumani IIB xodimlari hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar jarayonida tumanning “Mirishkor” mahallasida yashovchi fuqaro Q.F. inson salomatligi uchun xatarli boʼlgan urugʼlik chigitni 3800-4000 soʼmdan sotib olib, isteʼmolga yaroqsiz yogʼ hamda yem mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.

Tekshtruv davomida fuqaro Q.F.dan 105 litr qora yogʼ, 20 kilogramm miqdorida yem hamda 2500 kilogramm miqdorida urugʼlik chigitlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech