22 May 2021 yil 648

Yaqinda Shahrisabz tumanida er-xotin oʼrtasida sodir etilgan ogʼir tan jarohati yetkazish jinoyati yuzasidan “”Yangiobod” mahallasida muhokama yigʼilish boʼlib oʼtdi

Yaqinda Shahrisabz tumanida er-xotin oʼrtasida sodir etilgan ogʼir tan jarohati yetkazish jinoyati yuzasidan “”Yangiobod” mahallasida muhokama yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev, tumandagi sektor rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etdi.
Joriy yilning 7 may kuni er-xotin – Q.B. va А.G. ning janjaliga ertalabdan bir-biriga boʼlgan nosamimiy munosabat sabab boʼlgan. Oʼzaro kelishmovchilik janjalga aylanib, er xotinini urib tan jarohati yetkazadi.
Jahl kelganda aql ketadi deganlaridek, janjal oqibatida ayol hushdan ketadi. Shifokorlar koʼrsatgan tibbiy muolajalarga qaramay ayol vafot etgan.
Muhokamada boshqarma boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev qotillik jinoyatining kelib chiqish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni tahlil etdi. Hudud profilaktika inspektori va mahalla faollaridan holat boʼyicha izoh soʼrab, kelgusida bu kabi jinoyatlarni oldini olish boʼyicha masʼul mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech