16 Yanvar 2021 yil 1395

Yaqinda Qarshi shahrida yashagan shaxsning qotillik jinoyatini sodir etgani holati yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Unda viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev, Qarshi shahar prokuraturasi, boshqarma Faxriylar kengashi, sektor rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari, mahalla faollari, imom xatib, profilaktika inspektorlari hamda janjalkash oilalarning aʼzolari ishtirok etdi.Holat yuzasidan surishtiruv oʼtkazilganda 2020 yil dekabr oyining oxirlarida Qarshi shahar yashovchi ayol N.S. eri K.S. bilan oʼzaro kelishmovchiligi sabab, Qarshi tumanida yashagan singlisi, uy bekasi N.L.nikiga borib yashay boshlagan. 2021 yil 14 yanvar kuni soat taxminan 18:10larda Qarshi tumani yashovchi qaynsinglisining uyiga spirtli ichimlik ham isteьmol qilgan holda borgan er K.S. oqibatda jahl ustida, turmush oʼrtogʼi N.S. va qaynsinglisi N.L.ni badanining turli joylariga oʼzi bilan olib borgan oshxona pichogʼi bilan hayot uchun xavfli boʼlgan ogʼir tan jarohati yetkazgan. Soʼngra, oʼzini oʼldirish maqsadida qoʼlidagi oshxona pichogʼi bilan tanasining qorin qismiga 3 marotoba sanchadi. Voqea joyida 15-20 daqiqalar oʼtirgach, velosipediga minib, yashash uyiga qaytib ketgan. Nega er-xotin oʼrtasidagi sovuq munosabatlarni avvalo mahalla faollari, oqsoqollar va boshqa mutasaddi tashkilotlar qarindosh-urugʼ vaqtida aniqlab, bartaraf etish choralarini koʼrmagan?! Keng jamoatchilik vakillari qaerga qaragan?! Vaqtida er-xotinni murosaga keltirish boʼyicha profilaktik choralar koʼrilganda ehtimol, bu mudhish hodisa yuz bermagan, bir oila parokanda boʼlmagan, ikki ayoldan birining umri bevaqt zavol topmagan, biri esa ogʼir tan jarohati olmagan boʼlardi.Bundan koʼrinadiki, joylarda hamon har ikki mahallada ham osoyishtalik, xotirjamlik va fuqarolarning issiq sovugʼidan xabar oladigan masʼul mutasaddilarning hamon “sen menga tegma, men senga” qabilida ish yuritayotgani keskin tanqid qilindi. Kelgusida bu kabi mudhish jinoyatlarning oldini olishda profilaktika inspektori bilan birga mahalla rahbariyati ham javob berishi taʼkidlandi. Joylardagi sektor rahbarlari hamon boqibegʼamlikda ish yuritayotgan mahalla raislari va oqsoqollari  ishini qaytadan koʼrib chiqish lozim. Bu kabi jinoyatlarni oldini olish uchun profilaktika inspektorlariga mutasaddi idoralar bilan birga diniy idoralar vakillari xalq ichiga kirib borib profilaktik targʼibot ishlarni muntazam olib borishi lozimligi aytildi. Muhokamada holat yuzaga kelishiga masʼul mutasaddi idoralar vakillaridan voqea boʼyicha izoh soʼralib, oʼz ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgan mahalla raislari va profilaktika inspektorlariga tegishli jazo choralari belgilanishi aytildi. Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan K.S.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech