Yangi uylar oʼz egalariga topshirildi
Navroʼz umumxalq bayrami arafasida Qarshi shahrida qurib bitkazilgan koʼp qavatli xonadonlar ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlariga topshirildi.
Qurib bitkazilgan 5 qavatli 30 xonadondan iborat 2 va 3 xonali uylar 15 tasi viloyat ichki ishlar idoralarida xizmat olib borayotgan xodimlarga, 15 tasi milliy gvardiya xodimlariga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Qarshi shahar hokimligi, jamoat tashkilotlari va OАV vakillari, faxriylar hozir boʼlishdi.
- Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda keyingi yillarda davlat xizmatchilari, shu jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarini turarjoy bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tizimning fidoyi xodimlariga vohamizning goʼzal va xushmanzara Qarshi shahri markazida bunyod etilgan shunday koʼrkam, hayratli va haybatli binolardan uylar qurib berilayotgani, toʼlovlar kredit asosida yengillik va imtiyozlar bilan berilayotgani mana shu xayrli tashabbusning amaldagi ifodasi boʼldi.