"Yangi Oʼzbekistonni korupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik"
Yaqinda IIV Qorovul qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda "Yangi Oʼzbekistonni koruptsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik" mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Qarshi harbiy prokuraturasi, IIV ShXBB, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari va harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtrok etdi.
Tadbirda soʼz olganlar joriy yilning 5 fevralь kuni Ichki ishlar vazirligida “Yangi Oʼzbekistonni korruptsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik!” mavzusida boʼlib oʼtgan anjumanda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, IIV tizimida bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda ushbu illatga qarshi kurashish boʼyicha koʼrilayotgan taʼsirchan choralar haqida mavzu yuzasidan shaxsiy tarkibga atroflicha tushunchalar berishdi. Jumladan, tadbir ishtirokchilari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Аnjumanda korruptsiyaviy holatlarning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan ishtirokchilarning savollariga tegishli javoblar berildi.