“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
Qarshi shahridagi Аnfiteatrda mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan boʼlib oʼtadigan bayram shodiyonalari oldidan tadbirni namunali, tinch va osuda oʼtkazish, fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar bilan yigʼin boʼlib oʼtdi. Yigʼinda xodimlarning xizmatga shayligi va tayyorgarligi faoliyatda xizmat intizomi va qonunchilikka soʼzsiz rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʼlish, eng muhimi, odamlarda soha xodimlariga boʼlgan eʼtibor va ishonchni yoʼqotmaslik boʼyicha tegishli yoʼriqnoma berildi.
Bir soʼz bilan aytganda har bir ichki ishlar organlari xodimlariga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!” ekanligi uqtirildi.