30 Noyabr 2021 yil 475

Yana Qashqadaryoda bozori chopmagan “marixuana”

Yakkabogʼ tuman IIBga 2021 yil 29 noyabr kuni tushgan xabarga koʼra, Qashqadaryo viloyati IIB Togʼli va chegara hududlarida tezkor boʼlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi hamda viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalariga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida “Nazorat tartibida giyohvandlik vositalarini sotib olish tadbiri” oʼtkazilganida, 2021 yil 29 noyabr kuni soat 15:00larda Qamashi tumani “Qiziltepa” MFYda yashovchi M.I ikki dona polietilin paketlarga joylashtirilgan jami 425,0 gramm koʼp miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositalarini tadbirda 600 АQSh dollariga sotmoqchi boʼlib Qamashi tumanidan olib kelayotgan vaqtda, Yakkabogʼ tumani tibbiyot birlashmasi oldida tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, undan giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan M.I.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech