Yakkabogʼlik yoshlar bilan sayyor qabul oʼtkazildi
Yoshlarni kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini oʼrganish hamda bandligini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Yakkabogʼ tumanida sayyor qabul oʼtkazdi. Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari va 50 nafar yoshlar qatnashdi.
Qabulda yoshlarning bandligini taʼminlash, bank krediti olib berish, boʼshagan yerlarga takroriy ekin ekish uchun yer ajratish xususidagi fikrlar bildirildi. Shu bois Yakkabogʼ tumani “Jambul” MFYda yashovchi Humoyun Ergashevga asalarichilik bilan shugʼullanishi uchun bank krediti rasmiylashtiriladigan boʼldi. “Guliston” MFYda yashovchi Аziza Norova esa jamoatchilik ishiga biriktirildi.
Sayyor qabulda yoshlarning 19 ta murojaatlaridan 12 tasi joyida hal etildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 7 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.