4 Mart 2022 yil 427

Yakkabogʼ tumanining “Mustaqillik” mahallasida sayyor qabul


Bugun jamiyatimizda inson omili eng ustuvor vazifa sifatida qaralib, fuqarolarning kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammolarni joyiga borib bartaraf etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan. Shu bois joylarda viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan qator sayyor qabullar oʼtkazib kelinmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev Yakkabogʼ tumanining Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʼinidagi Madaniyat markazida istiqomat qilib kelayotgan yoshlarni bandligini taʼminlash, boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida yoshlar va fuqarolar bilan Sayyor qabul oʼtkazdi. Unda 3-sektorga qarashli 20 ta mahallalardan istiqomat qiluvchi 50 nafar yoshlar va 10 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda yoshlarning 22 murojaati tinglandi. Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan 20 ta murojaatlar esa mablagʼ va vaqt talab etgani bois ijrosi nazoratga olindi.
Tadbirda 3-sektorga qarashli mahallalarda faoliyat yuritayotgan 20 nafar yoshlar yetakchilariga xizmatda foydalanish va yoshlarning muammolarini hal etishi uchun kompyuьter jamlanmalari va planshetlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech